2026-yilning 1-iyul holatiga viloyatimizda 4 874 ta fermer xoʻjaligi faoliyat koʻrsatgan.
2025-yilning shu davriga nisbatan ularning soni 535 taga koʻpaygan.
Tahlillarga koʻra, koʻrilayotgan davrda fermer xoʻjaliklari sonining eng yuqori oshishi quyidagi hududlarda qayd etilgan (2025-yilning 1-iyuliga nisbatan):
Yangibozor tumanida – 161 taga
Gurlan tumanida – 108 taga
Xonqa tumanida – 99 taga
Urganch tumanida – 55 taga.

Axborot xizmati



