2026-yilning 1-iyul holatiga Xorazm viloyatining doimiy aholisi soni 2 079,5 ming kishini tashkil etib, 2025-yilning mos davriga nisbatan 1,7 % ga koʻpaygan.
Asosiy demografik koʻrsatkichlar (2026-yil yanvar-iyun oylarida):
tugʻilganlar soni - 17,1 ming nafar
vafot etganlar 4,9 ming nafar
aholining tabiiy oʻsishi - 12,2 ming kishiga teng boʻldi.
Xorijiy davlatlardan koʻchib kelganlar soni - 21 kishi
viloyatdan xorijga koʻchib ketganlar soni - 79 kishi
qayd etilgan nikohlar - 5,9 mingta
nikohdan ajralishlar - 1,1 mingtani tashkil etgan.
* Roʻyxatga olishning yakuniy natijalari eʼlon qilinganidan soʻng doimiy aholi soni belgilangan tartibda, roʻyxatga olish natijalari asosida eʼlon qilinadi. Shu munosabat bilan, 2026-yil 1-iyul holatiga demografik koʻrsatkichlar joriy hisob-kitoblar — Adliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligining maʼlumotlar integratsiyasi asosida shakllantirilgan.

Axborot xizmati



