31/07/2026

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida viloyatimizda kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan 3 181,7 mlrd soʻmlik qurilish ishlari amalga oshirilgan boʻlib, oʻsish surʼati 2025- yilning mos  davriga nisbatan  103,6  % ni tashkil etdi.

Qurilish ishlarining umumiy hajmidagi ulushi esa 37,3 % ga toʻgʻri keldi.

Koʻrilayotgan davrda kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlarining faoliyat turiga koʻra tarkibi:

bino va inshootlar qurilishi – 1 798,1 mlrd soʻm

fuqarolik obyektlari qurilishi – 1 111,1 mlrd soʻm

ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari – 272,6 mlrd soʻm.

 

Axborot xizmati