2026-yilning yanvar-iyun oylarida Hazorasp tumanida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 570,6 mlrd soʻmlik dehqonchilik mahsulotlari yetishtirilgan.
Bu viloyat boʻyicha eng yuqori koʻrsatkichdir.
2025-yilning yanvar-iyuniga nisbatan oʻsish 3,3 % ni tashkil qilgan.
Tumanda yetishtirilgan asosiy turdagi dehqonchilik mahsulotlari:
donli ekinlar – 26,9 ming tonna
kartoshka – 18,1 ming tonna
sabzavotlar – 47,0 ming tonna
poliz ekinlari – 16,6 ming tonna
meva va rezavorlar – 19,5 ming tonna
uzum – 30,0 tonna.

Axborot xizmati



