Joriy yilning yanvar-iyul oylarida viloyatimizda 4 777 ta yangi korxona va tashkilot tashkil etildi.
Bu koʻrsatkichning faoliyat yuritayotgan korxonalarga nisbati 16,1 % ni tashkil qiladi.
Sohalar kesimida eng koʻp yangi korxona qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi (1 182 ta), savdo (1 155 ta), sanoat (779 ta) hamda yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlarda (321 ta) tashkil etilgan.
Hududlar boʻyicha эса Urganch shahri (710 ta) va Urganch tumanida (474 ta) eng koʻp yangi korxona tashkil qilingan.

Axborot xizmati



