2023- yilning 1- yanvar holatiga viloyatimizda 208 ta xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilot davlat ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lib, ulardan 193 tasi yoki 92,8 foizi faoliyat ko‘rsatmoqda.

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari U.Bardiyev  va boshqarmanini Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi mutaxassisi A.Qurbanovlar shu yilning 11- yanvar kuni Hazorasp tumanidagi “Bog‘i eram” MFYda uy xo‘jaliklari tanlama kuzatuviga tushgan Dilmurod Masharipovning xonadonida so‘rovnoma o‘tkazish jarayonida ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning dekabr oyida paxta yog‘i narxlari noyabr oyiga nisbatan ya’ni bir oyda o‘rtacha 1,5 % ga arzonlashgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yil davomida respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida yangi tashkil etilgan korxonalar soni:

2023- yilning 10- yanvar kuni viloyat statistika boshqarmasida narx kuzatuvlarini tashkil etishga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

2022- yilning yanvar-noyabr oylarida  viloyatda sog‘liqni saqlash sohasida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 191,3 mlrd so‘mni tashkil etib, 2021- yilning 11 oyiga nisbatan 12,1 %ga oshgan.

Xorazm viloyatida  2022- yil   yanvar-noyabr oylarida  yashash va ovqatlanish bo‘yicha 224,8 mlrd so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilgan bo‘lib, 2021- yil yanvar-noyabr oylariga nisbatan  xizmatlar hajmi 56,6 mlrd so‘mga  yoki 13,8 %ga oshdi.

Viloyatimizga 2022- yilning 11 oyida  xorijdan 33,2 mln AQSH dollar qiymatidagi (jami importning 6,6 %) sanoat tovarlari import qilingan.

Xorazm viloyatida  2022- yilning  yanvar-noyabr oylarida umumiy hajmi 186,2 mlrd so‘mlik ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari bajarilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich jami bajarilgan ishlarning 4,4 %ni tashkil qilgan.

2022- yilning 11 oyida viloyatimizda bajarilgan jami yangi qurilish ishlari hajmi (4220,5 mlrd so‘m)da eng yuqori ulush norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan va 37,0  %ni tashkil qilgan.

2022- yilning yanvar-noyabr oylarida viloyatimizda 6183,6 mlrd so‘mlik nooziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2021- yilning shu davriga nisbatan ishlab chiqarishning fizik hajm indeksi 127,0 %ni tashkil qilgan.

2023- yilning 1- yanvar holatiga viloyatimizda davlat ro‘yxatidan o‘tgan 6 049 ta oilaviy korxonaning  5 488 tasi (90,7 %) faoliyat ko‘rsatgan.

2023- yilning 1- yanvar holatiga viloyatimizda  28 904 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ularning sonida 114,9 %ga o‘sish kuzatilgan.

2023- yilning 1- yanvar holatiga viloyatimizda 25 606 ta kichik tadbirkorlik subyekti faoliyat ko‘rsatgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-  yilning yanvar-noyabr oylarida respublikamizdan hajmi jami 2,9 mlrd  AQSH dollariga teng bo‘lgan to‘qimachilik mahsulotlari eksport qilingan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning dekabr oyida respublika bo‘yicha 1 879 nafar egizak tug‘ilish holatlari FHDYO organlarida qayd etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2022- yilning yanvar-noyabr holatiga ko‘ra Xorazm viloyatida uy xo‘jaligi a’zolarining soni bo‘yicha:

2022- yilning yanvar-noyabr oylarida  viloyatning xizmatlar bo‘yicha eksporti hajmi 14,2 mln AQSH dollarini tashkil qilgan.