Shahar va tuman statistika idoralari mutaxassislari tomonidan hududlardagi raqamlanmagan xonadonlar, nomlanmagan ko‘chalar soni mahallalar kesimida o‘rganilib,  monitoring qilinib, mahalliy hokimliklar, kadastr idoralari hamda mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan hamkorlikda tegishli ishlar tashkil etilmoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2024- yilning yanvar-avgust oylarida  Xorazm viloyatining iqtisodiy holati quyidagi statistik raqamlarda o‘z ifodasini topgan:

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024- yilning 1- iyul holatiga respublikamizdagi fermer xoʻjaliklarida mavjud otlar soni 65 ming boshni tashkil etgan.

Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish viloyat bo‘yicha 2024- yil yanvar-avgust oylarida 8 246,2 ming so‘mni, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 104,9 % ni tashkil etmoqda.

2024- yil 1- sentabr holatiga ko‘ra, viloyatimizda yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 1 679 tani tashkil etib, 2020- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 131,9 % ni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida viloyat bo‘yicha kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 3 170,4 mlrd so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilib, uning umumiy ishlab chiqarish hajmidagi ulushi 19,2 % ni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida viloyatning  chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida yirik korxonalarning tovar aylanmasi hajmi 2023- yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan 33,7 % ga kamaydi va 313,9 mlrd so‘mni tashkil qildi.

Viloyatimiz bo‘yicha 2024- yilning yanvar-avgust oylarida bajarilgan qurilish ishlarining 86,1 % i yangi qurilishlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Joriy yilning yanvar-avgust oylarida viloyatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 5 774,7 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Joriy yilning o‘tgan 8 oyida viloyatimizda hajmi 440,5 mlrd so‘mlik ta’lim xizmatlari ko‘rsatilgan.

2024- yilning   1- sentabr  holatiga viloyatimizda axborot va aloqa sohasida 401 ta korxona faoliyat yuritgan bo‘lib, ularning soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 24 taga oshgan.

Viloyatimizda joriy yilning yanvar-avgust oylarida hajmi 3 456,5 mlrd so‘mlik yangi qurilish ishlari bajarilgan.

Xorazm viloyatidan 2024- yilning  yanvar-avgust oylarida xorijiy davlatlarga 94,0 ming tonna meva va sabzavotlar eksportini amalga oshirilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatgich 2023- yilning mos davriga nisbatan 116,4 % ga yoki 13,3 ming tonnaga ko‘paydi.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida viloyatimizning Turkmaniston bilan tashqi savdo tovar aylanmasi hajmi 7,4 mln AQSH dollarini tashkil etgan.

2024- yilning 24- sentabr kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i A.O‘tamuratov Xiva shahridaning "Angarik " mahallasidan fuqaro Q.Salayev xonadonida uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvini o‘tkazish jarayonida ishtirok etdi.

Statistika agentligining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2024- yilning yanvar-avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 6 va undan ko‘p kishili uy xo‘jaliklari 37,9 % ni tashkil etmoqda.

Statistika agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, 2024- yil 1- sentabr holatiga tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar sonining eng ko‘p qismi mas’uliyati cheklangan jamiyatlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

2024- yilning yanvar-avgust oyida viloyatimizning xorijiy davlatlardan  tovar (xizmatlar)  import hajmi 296,0 mln AQSH dollarini tashkil etdi.