2024- yilning yanvar-aprel oylarida Qo‘shko‘pir tumanida  101,8 mlrd so‘mlik  qurilish ishlari  bajarilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,1 %ga ko‘paygan.

2024-yilning yanvar-aprel oylarida moliyaviy xizmatlar hajmi 39 888 mlrd soʻmni tashkil etib, jami xizmatlar hajmida moliyaviy xizmatlarning ulushi  boshqa xizmat turlariga nisbatan eng yuqori, yaʼni 23,1 % ni tashkil etdi.

 2024- yilning yanvar-aprel viloyatimiz bo‘yicha kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 1,4 trln so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, fizik hajm indeksi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 112,0 %ni tashkil qilgan.

2024- yilning yanvar-aprel oylarida viloyat bo‘yicha qiymati  824,6 ming AQSH dollariga teng bo‘lgan, 811,5 tonna quritilgan  mevalar eksport qilindi.

2024- yilning 1- may holatiga Yangibozor tumanida 362 ta xususiy korxonasi faoliyat yuritgan.

2024- yilning 1- may holatiga Urganch tumanida 3 936 ta korxona va tashkilot ro‘yxatga olingan bo‘lib, shundan 2 845 tasi faoliyat yuritgan.

2024- yilning 1- may holatiga Yangiariq tumanida 358 ta oilaviy korxona faoliyat yuritgan bo‘lib, 2023- yilning mos davriga nisbatan ularning soni 8 taga ko‘paygan.

2024- yilning yanvar-aprel oylarida Hazorasp tumanining tashqi savdo tovar aylanmasi 11,7 mln AQSH dollarini tashkil etgan.

 2024-yilning yanvar-aprel oylarida Bog‘ot tumanida faoliyat yuritayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 208,7 mlrd so‘mni tashkil etib, 2023- yilning yanvar-apreliga nisbatan 15,5 %ga oshgan.

Joriy yilning yanvar- aprel oylarida Xiva tumanida  41,4 mlrd so‘mlik moliyaviy xizmatlar ko‘rsatilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkichning umumiy xizmatlar hajmidagi ulushi 16,2 %ga teng bo‘lgan.

2024- yilning yanvar-aprel oylarida Qo‘shko‘pir tumanida  ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 246,7 mlrd so‘mni tashkil etib, shundan 78,7 mlrd so‘mi (31,8 %i) transport xizmatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

2024- yilning 1- may holatiga Tuproqqal’a tumani 622 ta tadbirkorlik subyektlari faoliyat yuritgan bo‘lib, tashkiliy-huquqiy shakliga ko‘ra tarkibida:

Joriy yilning yanvar-aprel oylarida Xonqa tumanining xorijiy davlatlar bilan  tashqi savdo tovar aylanmasi hajmi 15,7 mln AQSH dollarini tashkil etgan.

Joriy yilning  yanvar-aprel oylarida Xiva shahrida 46,1 mlrd so‘mlik ta’lim xizmatlari ko‘rsatilib, o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan  7,7 % o‘sish kuzatilgan.

2024- yilning  yanvar-aprel oylarida Shovot tumanida umumiy ovqatlanish korxonalarining savdo aylanmasi hajmi 7,3 mlrd so‘mni tashkil etgan va o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 2,9 %ga oshgan.

Joriy yilning  yanvar-aprel oylarida Gurlan tumanining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 2023- yilning shu davriga nisbatan 10,2 %ga o‘sgan va 304,7 mlrd so‘mni tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-aprel oylarida Urganch shahrida ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining 12,7 %i yoki 229,2 mlrd so‘mi savdo xizmatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

2024-yilning yanvar-aprel oylarida transport xizmatlari umumiy hajmida avtomobil transporti xizmatlarining ulushi 47,1 % ni tashkil etgan.