Joriy yilning yanvar oyida Xiva tumanida ulgurji savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona va tashkilotlarning savdo aylanmasi hajmi 26,4 mlrd so‘mni tashkil etgan.

2024- yil 1- fevral holatiga Xiva shahrida 2 758 ta korxona va tashkilot ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, shundan 2 030 tasi faoliyat yuritgan.

2024- yilning yanvar oyida  Urganch tumanida  faoliyat yuritayotgan umumiy ovqatlanish korxonalarining savdo aylanmasi hajmi 4,6 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8,7 %ga yoki 1,2 mlrd so‘mga oshgan.

2024- yilning  1- fevral holatiga Gurlan tumanida 108 ta oilaviy korxona faoliyat ko‘rsatgan.

2024- yilning yanvar oyida Hazorasp tumanining chakana savdo tovar aylanmasi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 11,9 %ga oshdi va 86,6 mlrd so‘mga yetdi.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022/2023- o‘quv yili boshiga O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat yo‘nalishiga 134 217 nafar xotin-qiz qabul qilingan.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida respublikamizda 198 874 tonna baliq ovlangan boʻlib, ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 7,3 % ga oshgan.

2024- yilning yanvar oyida kichik tadbirkorlik subyektlarining bozor xizmatlari hajmini viloyatimiz hududlari kesimida taqsimlanishi:

2023- yilning 12 oyi yakunlariga  ko‘ra, Urganch shahrida asosiy kapitalga markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan 2,1 trln so‘mlik investitsiya o‘zlashtirilgan bo‘lib, 2022- yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan o‘sish 4,6 %ni tashkil qilgan.

Xorazm viloyatida yirik tashkilotlar tomonidan bajarilgan qurilish ishlarining so‘nggi 5 yildagi (yanvar oyida) dinamik o‘zgarishi:

2024- yilning 1- fevral holatiga savdo sohasida 2 084 ta xususiy korxona faoliyat yuritgan.

2024- yilning  yanvar oyida  viloyat bo‘yicha  axborot va aloqa sohasida 16 ta yangi mas’uliyati cheklangan jamiyati tashkil etilgan.

2024- yil yanvar oyida viloyatimiz importi tarkibida sanoat mahsulotlari hajmi 1,4 mln AQSH dollarini tashkil etib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 44,2 % ga kamaydi hamda importning umumiy hajmidagi ulushi 9,3 % ga yetdi.

2024- yilning  yanvar oyida Xorazm viloyatining XXR bilan tashqi savdo tovar aylanmasi hajmi 6,2 mln AQSH dollarini tashkil qilgan.

2024- yilning  yanvar oyi yakunlariga ko‘ra, viloyatimiz kiyim ishlab chiqarish sanoatida 17,5 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 1,6 %ni tashkil qilgan.

2024- yil yanvar oyida elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 52,7 mlrd so‘mni, jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmidagi ulushi 4,4 % ni tashkil etgan.

2024- yilning yanvar oyida  viloyat bo‘yicha hajmi 149,0 mlrd so‘mlik yangi qurilish ishlari bajarilgan bo‘lib, umumiy hajm hududlar kesimida quyidagicha taqsimlangan:

Joriy yilning yanvar oyida viloyatimizda 16,7 mlrd so‘mlik ijara xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, 2023- yilning yanvar oyiga nisbatan bu ko‘rsatkich 10,7 %ga oshgan.