2024- yilning 1- yanvar holatiga Xonqa tumanida 487 ta oilaviy korxona faoliyat yuritgan.

Xorazm viloyatida 2023- yilning 12 oyida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning eng ko‘pi sanoat sohasida o‘zlashtirilgan bo‘lib, umumiy hajmning 30,7 %ini tashkil qilgan.

2023- yilning yanvar-dekabr oylarida viloyatimizda markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning hajmi 10 536,1 mlrd so‘mni, ulushi 87,4 %ni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-dekabr oylarida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlari ko‘rsatkichlari:

2023- yilning yanvar-dekabr oylarida viloyat bo‘yicha yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlari umumiy hajmi 11 697,1  mlrd soʻmni tashkil etgan.

Xorazm viloyatining barcha hududlarida oziq va nooziq-ovqat mahsulotlarining narx kuzatuvlari davom etmoqda.Haftalik 5 narx (oʻrtacha) kuzatuvi joriy yilning 30- yanvar kuni Urganch shahridagi “To'maris-Nur” gipermarketida o‘tkazildi.

2023-yil yanvar-dekabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha umumiy foydalanishdagi magistral temir yoʻl transporti orqali 9,7 mln yoʻlovchi tashilgan.

2023-yil yakunlariga koʻra, respublikamizning qurilish tarmogʻida yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat 62,6 trln soʻmni tashkil etgan.

2024-yilning  1- yanvar holatiga Xiva tumanida  2 590 ta korxona va tashkilot ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, shundan 1 908 tasi faoliyat yuritgan.

2023- yilda viloyat iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi umumiy YAHMning 97,5 % ini, mahsulotlarga sof soliqlar esa 2,5 % ini tashkil etdi.

2023- yil yanvar-dekabr oylari natijalariga koʻra, viloyatimizga MDH mamlakatlaridan  135,9 mln AQSH dollarlik, boshqa xorijiy davlatlardan 439,1 mln dollarlik tovar (xizmatlar) import qilingan.

2023- yilning yanvar-dekabr oylarida viloyatda 7 785,6 mlrd so‘mlik nooziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 108,9 % ni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-dekabr oylarida viloyatimiz bo‘yicha 9 679 nafar ko‘chib ketganlar qayd etilgan bo‘lib, har 1 000 aholiga  ko‘chib ketish koeffitsiyenti 4,9 promilleni tashkil etgan.

2023- yilning yanvar-dekabr oylarida viloyat bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 1 399,7 mlrd so‘mni, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 130,1 %ni tashkil etdi. 

2023- yilning 12 oyi yakunlariga ko‘ra, viloyatimizda kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan 2 874,5 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan bo‘lib, ushbu hajm hududlar kesimida quyidagicha taqsimlangan:

2023- yilning yanvar-dekabr oylarida Xorazm viloyatida  asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hisobidan ishga tushirilgan ijtimoiy soha obyektlari:

2023- yilning yanvar-dekabr oylarida  viloyatimiz bo‘yicha  496 231 tonna jami don yetishtirilgan bo‘lib, eng katta hajm fermer xo‘jaliklarida qayd etilgan va 334056 tonna yoki umumiy hajmning 67,3 % ini tashkil etgan.

2023- yilning yanvar-dekabr oylarida yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 26 160,4 mlrd so‘mni tashkil etib, xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlillarga ko‘ra umumiy hajmning 68,3 %i – dehqon va tomorqa xo‘jaliklariga, 25,6 %i – fermer xo‘jaliklariga, 6,1 %i – qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g‘ri kelgan.