Shu yilning yanvar-sentabr oylarida Xorazm viloyatida 875 ta xususiy korxona yangi tashkil etilgan bo‘lib, ularning jami faoliyat ko‘rsatayotganlar soniga nisbati 17,1 %ni tashkil qilgan.

2023- yilning 1- oktabr holatiga viloyatimizning qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 2 762 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritgan.

2023- yilning 1- oktabr holatiga Hazorasp tumanida 1 435 ta kichik biznes subyekti faoliyat yuritgan.

2023- yilning 1- oktabr holatiga Tuproqqal’a tumanida 133 ta yangi kichik korxona va mikrofirma tashkil etilgan.

Joriy yilning 1- oktabr holatiga Xonqa tumanida 1 844 ta tadbirkorlik subyekti faoliyat yuritgan bo‘lib, ularning soni 2022- yilning 1- oktabri bilan taqqoslaganda 98 taga kamaygan.

2023- yilning 1- oktabr davriga ko‘ra Xiva tumanidagi 431 ta oilaviy korxonaning 112 tasi sanoat yo‘nalishida faoliyat yuritgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich viloyatda shu sohadagi jami oilaviy korxonalar soni (1 236 ta)ning 9,1 %ini tashkil qilgan.

2023- yilning 1- oktabr holatiga Shovot tumanida 1 998 ta tadbirkorlik subyekti ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, shundan 1 610 tasi faoliyat yuritgan.

2023 -yilning 1- oktabr holatiga Yangiariq tumanida  2 022 ta korxona va tashkilot ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, shundan 1 682 tasi faoliyat yuritgan.

Joriy yilning 1- oktabr holatiga Yangibozor tumanida 279 ta oilaviy korxona faoliyat ko‘rsatgan bo‘lib, shundan 128 tasi (45,9 %) savdo sohasi hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Shu yilning 20- oktabr kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida O‘zbek tili bayrami munosabati bilan xodimlar ishtirokida seminar tashkil etildi.

Bugun, 20- oktabr sanasida Xorazm viloyati statistika boshqarmasida “Huquqiy targ‘ibot” tadbiri doirasida  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “ Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorining targ‘ibotiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

2023-yilning 1-iyul holatiga respublika boʻyicha kartoshka ekilgan maydoni 114,4 ming gektarni tashkil etdi.

Joriy yilning yanvar-avgust oylarida  Qo‘shko‘pir tumani sanoatida 156,1 mlrd so‘mlik to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

2023- yilning 1- oktabr holatiga Urganch shahrida 4  434 ta kichik biznes subyekti faoliyat yuritgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich bo‘yicha viloyatdagi ulushi 18,4 %ni tashkil qilgan.

Joriy yilning 1- oktabr holatiga Urganch tumanida 648 ta oilaviy korxona faoliyat ko‘rsatgan bo‘lib, ularning yo‘nalishlar kesimidagi tarkibi quyidagicha bo‘lgan:

Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida Xorazm viloyatida jami 4 088,7 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati  2022- yilning mos davriga nisbatan 102,9 % ni tashkil etdi.

2023- yilning 1- oktabr holatiga Bog‘ot tumanida 447 ta yangi kichik korxona va mikrofirma tashkil etilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023- yilning yanvar-sentabr oylarida viloyatimizda  ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 9 330,0 mlrd so‘mga yetib, taqqoslama ekvivalentda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 112,9 % darajada qayd etildi.