2023- yilning yanvar-avgust oylarida  Tuproqqal’a tumanining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 180,4 mlrd so‘mga teng bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 109,3 %ni tashkil qilgan.

2023- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Xorazm viloyatida axborot va aloqa bo‘yicha xizmatlar sohasida 209,1 mlrd so‘m miqdorida qo‘shilgan qiymat yaratilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 24,3 % ga yuqoridir.

2023- yilning 1- oktabr holatiga Yangibozor tumanida 1 703 ta korxona va tashkilot davlat ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lib, shundan 1 286 tasi faoliyat ko‘rsatgan.

 Bugun, 16- oktabr kuni viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari U.Bardiyev va Xiva shahar statistika bo‘limi bosh mutaxassisi D.Rahimovlar iste’mol narxlari indeksi (INI) kuzatuvini o‘tkazdilar.

2023-yilning yanvar - iyun oylarida respublikamiz boʻyicha jami 1 020,0 ming tonna meva va rezavorlar yetishtirilib, ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 5,0 % ga koʻp.

2023- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Xorazm viloyatida YaHM o‘sishiga qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi tarmog‘i 2,4 f.p., sanoat tarmog‘i – 0,6 f.p., qurilish tarmog‘i – 0,5 f.p., xizmat ko‘rsatish tarmog‘i –1,4 f.p. va mahsulotga sof soliqlar – 0,3 f.p. ijobiy hissa qo‘shdi.

Yangiariq tumanida joriy yilning yanvar-avgust oylarida 347,5 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan.

Bog‘ot tumanining tashqi savdo tovar aylanmasi hajmi joriy yilning yanvar-avgust oylarida 22,9 mln AQSH dollarini tashkil etdi.

2023- yilning dastlabki 8 oyi yakunlariga ko‘ra, Urganch shahrida mavjud sanoat korxonalari tomonidan 2330,9 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.

2023- yilning yanvar-avgust oylarida Shovot tumanida 493,8 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.

Yangiariq tumanida shu yilning yanvar- avgust oylarida 131,4 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.

2023- yilning yanvar-avgust oylarida Hazorasp tumanining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 760,8 mlrd so‘mga teng bo‘lgan.

Joriy yilning yanvar-avgust oylarida Xonqa tumanining tashqi savdo tovar aylanmasi hajmi 42,6 mln AQSH dollarini tashkil etdi.

2023- yil yanvar - avgust oylarida aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish viloyat bo‘yicha 6 669,8 ming so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 103,7 % o‘sishni ko‘rsatgan.

2023- yilning yanvar-avgust oylarida viloyatimiz xorijga qiymati 84,5 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 80,7 ming tonna meva va sabzavot mahsulotlarini eksport qilgan.

2023- yilning yanvar-avgust oylarida Xorazm viloyati importi tarkibida sanoat tovarlari hajmi 18,7 mln AQSH dollarini yoki umumiy hajmning 4,8 %ini tashkil etdi.

Joriy yilning 1- oktabr holatiga viloyat bo‘yicha faoliyat yuritayotgan kichik biznes subyektlari soni 24 104 tani  tashkil etgan.

2023- yilning yanvar-avgust oylarida viloyat sanoatida faoliyat yuritayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 2 380,6 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, uning umumiy ishlab chiqarish hajmidagi ulushi 18,2 % ni tashkil etdi.