2024- yil 1- yanvar holatiga Xorazm viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning soni (fermer va dehqon xo‘jaliklaridan tashqari) 27 089 tani tashkil etdi.

Viloyatimizning barcha hududlarida uy xo‘jaliklari kuzatuvlarini o‘tkazishning maqsad va vazifalari hamda ahamiyatini tushuntirishga bag‘ishlangan seminarlar tashkil etilmoqda.

Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida respublikamiz boʻyicha jami 91,2 ming tonna baliq ovlangan.

Statistika agentligi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida 2024- yil 1- yanvar holatiga doimiy aholi soni qariyb  36,8 mln kishini tashkil etgan.

2023- yilning  yanvar-noyabr oylarida Xorazm viloyatining ishlab chiqaradigan sanoatida 471,1 mlrd so‘mlik boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarilgan.

2023- yilning  yanvar-noyabr oylarida Hazorasp tumanining ulgurji savdo tovar aylanmasi hajmi 90,4 mlrd so‘mni tashkil etib, 2022- yilning mos davri bilan taqqoslaganda  15,1 mlrd so‘mga yoki 8,3 %ga oshgan.

2023- yilning  yanvar-noyabr oylarida Xiva tumanida 511,1 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan bo‘lib, viloyat umumiy hajmidagi ulushi  6,5 %ni tashkil etgan.

2023- yilning  yanvar-noyabr oylarida Urganch tumanida 616,2 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan bo‘lib, 2022- yilning shu davriga nisbatan  21,1 %ga oshgan.

2023- yilning yanvar-noyabr oylarida Shovot tumanida ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining umumiy hajmi 586,8 mlrd so‘mni tashkil etib, umumiy hajmning 25,3 %i savdo xizmatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

2023- yilning  yanvar-noyabr oylarida Tuproqqal’a tumanining tashqi savdo tovar aylanmasi hajmi 192,0 mln AQSH dollarini tashkil qilgan.

2023- yilning  yanvar-noyabr oylarida Xonqa tumanining tashqi savdo aylanmasi hajmi 53,6 mln AQSH dollarini tashkil etgan.

2023- yilning  11 oyida Qo‘shko‘pir tumani xorijiy davlatlarga 7,7 mln AQSH dollari qiymatidagi tovarlar eksportini amalga oshirgan.

2023- yilning  yanvar-noyabr oylarida Gurlan tumanida 177,0 mlrd so‘mlik savdo xizmatlar ko‘rsatilgan bo‘lib, 2022- yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 112,7 %ni tashkil qilgan.

Bog‘ot tumanida 2023- yilning  yanvar-noyabr oylarida 653,2 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, shuning 30,6 %i yoki 199,8 mlrd so‘mi transport xizmatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

2023- yilning  yanvar-noyabr oylarida Xiva shahrida  58,1 mlrd so‘mlik moliyaviy xizmatlar ko‘rsatilgan bo‘lib, 2022- yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 146,1 %ni tashkil qilgan.

2023- yilning 1- dekabr holatiga Yangibozor tumanida 426 ta xususiy korxona faoliyat yuritgan.

2023- yilning  1- dekabr holatiga Urganch shahrida 6 613 ta korxona va tashkilot ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ularning soni 2022- yilning mos davriga nisbatan 519 taga oshgan.

2023- yilning yanvar-noyabr oylarida viloyat bo‘yicha  sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida 94 ta yangi  korxona tashkil etilgan.