2023-yil 1-yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida koʻp qavatli uylar soni 47 776 taga yetdi. Ularning eng koʻp soni Toshkent shahrida qayd etilgan – 11 258 ta.

2023-yil 1-yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida uy-joy fondining umumiy maydoni 658,4 mln. kv. m.ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-iyun oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Xorazm viloyati aholi umumiy daromadlari hajmida kichik tadbirkorlikdan olingan daromadlarning ulushi 59,1 %ni tashkil etdi. Ma’lumot uchun: mazkur ko‘rsatkich 2022-yilda  59,1 %ni va 2021-yilda 62,7 %ni tashkil etgan.

2023- yilning yanvar-iyul oylari yakunlariga ko‘ra,  Xorazm viloyati sanoatida 50,3 mlrd so‘mlik elektr uskunalari ishlab chiqarilgan bo‘lib, ishlab chiqarish sanoatidagi  ulushi 0,5 %ni, o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan fizik hajm indeksi 198,4 %ni tashkil etdi.

2023- yilning 1- avgust holatiga  Urganch shahrida 5 666 ta kichik biznes subyekti davlat ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lib, shundan 4 266 tasi faoliyat yuritgan.

2023- yilning yanvar-iyul oylarida Gurlan tumanida  298 ta yangi  kichik biznes subyekti tashkil etilgan.

2022- yilda ayollar rahbarligidagi kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan mahsulot (tovarlar, ishlar va xizmatlar) sotishdan tushgan sof  tushum 1 034,3 mlrd. so‘mni tashkil etgan.

Xorazm viloyatida faoliyat yuritayotgan tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash sanoati korxonalari tomonidan 2023- yilning yanvar-iyul oylarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 4,5 mlrd so‘mga yoki jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmidagi ulushi 0,04 % ga to‘g‘ri keldi.

2023- yilning  yanvar-iyul oylarida Hazorasp tumanining tashqi savdo tovar aylanmasi hajmi 36,3 mln AQSH dollarini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 184,3 % darajada qayd etilgan.

2023- yilning yanvar-iyul oylarida Yangiariq tumanining ulgurji savdo tovar aylanmasi hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 0,3 %ga oshdi va 124,0 mlrd so‘mni tashkil qildi.

2023- yilning 7 oyi yakunlariga ko‘ra, Tuproqqal’a tumanida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 148,7 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

2023- yilning  yanvar-iyul oylarida  Urganch tumanida 245 ta yangi tadbirkorlik subyekti tashkil etilgan.

2023- yilning  yanvar-iyul oylarida  Shovot tumanidagi 259 ta sanoat korxonasi tomonidan  437,0 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.

2023-yil 1-iyul holatiga  Xiva tumanining barcha toifadagi xoʻjaliklarida yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni  68,5 ming boshni, shundan sigirlar – 29,1 ming boshni, qoʻy va echkilar – 21,0 ming boshni, otlar – 514 boshni  hamda parrandalar – 583,8 ming boshni  tashkil etdi.

Xorazm viloyatida 2022- yilda kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan ishlab chiqarilgan (ko‘rsatilgan) xizmatlar   hajmi  2 000,7 mlrd so‘mni  tashkil etgan.

2023- yilning yanvar-iyul oylarida viloyatda 3 209,4 mlrd so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 18,0 % ni tashkil qilgan.

2023- yilning yanvar-iyul oylarida Urganch shahrining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 1679,3 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,2 %ga oshgan.

Xorazm viloyatining barcha hududlarida narx kuzatuvlari davom etmoqda. 2023- yilning 13- avgust kuni  navbatdagi 5 narx (o‘rtacha) haftalik kuzatuvi  Hazorasp tumanida joylashgan "Daily group eco" supermarketida olib borildi.