2023- yilning  yanvar-may oylarida Xorazm viloyatida faoliyat yuritayotgan 3 925 ta sanoat korxonasi tomonidan 7,6 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.

Joriy yilning yanvar-may oylarida Xonqa tumanining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 259,5 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

2023- yil dastlabki 5 oyi yakunlarida Xiva shahrida faoliyat yuritayotgan umumiy ovqatlanish korxonalarining savdo aylanmasi hajmi 6,5 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3,5 %ga yoki 1,6 mlrd so‘mga oshgan.

2023- yil yanvar-may oylarida Urganch shahrining sanoat ishlab chiqarish hajmi 1347,2 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

2023- yil yanvar-may oylarida Urganch tumanida ko‘rsatilgan sog‘liqni saqlash xizmatlarining hajmi 21,2 mlrd so‘mni tashkil etib, umumiy hajmdagi ulushi 5,6 % darajada qayd etilgan.

Hazorasp tumanining tashqi savdo aylanmasi 2023- yilning yanvar–may oylarida 22,0 mln AQSH dollarni tashkil etib, shundan eksport hajmi 10,8 mln dollar, import hajmi - 11,2 mln dollarga teng bo‘ldi.

Joriy yilning 5 oyi yakunlari bo‘yicha viloyatimiz xorijiy davlatlarga qiymati 52,1 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilgan.

 2023- yilning  yanvar-may oylarida Xorazm viloyatida 1124,5 mlrd so‘mlik bino va inshootlar qurilishi bajarilgan bo‘lib, jami qurilish ishlaridagi ulushi 63,7 %ni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-may oylarida viloyatimizning Tojikiston davlati bilan tashqi savdo tovar aylanmasi 9,5 mln AQSH dollarini tashkil etib, hajmning 100%i eksport tovarlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

2023-yilning yanvar-mart oylari yakunlarida Xorazm viloyati boʻyicha xizmatlar sohasida yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat hajmi 2 702,0 mlrd soʻmni tashkil etdi va oʻtgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 4,0 % ga oʻsdi.

2023-yilning 1-iyun holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 12 807 tani, shundan qo‘shma korxonalar 4 919 ta va xorijiy korxonalar 7 888 tani tashkil etdi. Ularning sohalar bo‘yicha soni quyidagicha:

2023-yil 1-yanvar holatiga ambulatoriya-poliklinika muassasalari soni jami 7010 tani tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-mart oylarida Xorazm viloyatining qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi tarmogʻida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik hajmi 3 268,7 mlrd. soʻmni yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 105,5 %ni tashkil qildi.

2023- yilning yanvar-may oylarida Qo‘shko‘pir tumanining mahsulot va xizmatlar importi 23,5 mln AQSH dollarini tashkil qilgan.

2023- yilning yanvar-may oylarida Gurlan tumanining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 318,9 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

2023- yil yanvar-may oylarida Shovot tumanida umumiy hajmi 243,5 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7,3 %ga o‘sish kuzatilgan.

2023- yil yanvar-may oylarida Bog‘ot tumanida 148,3 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

2023- yilning yanvar-may oylarida Tuproqqal’a tumanida bajarilgan qurilish ishlari hajmi 60,0 mlrd so‘mni tashkil etgan.