2023- yil yanvar-iyun oylarida Xorazm viloyatida avtomobil transportida  18,0 mln tonna yuk tashilgan bo‘lib, yuk tashishning umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 96,0 % ni yoki 17,3 mln tonnani tashkil etdi.

Xorazm viloyatining barcha hududlarida narx kuzatuvlari davom etmoqda.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning 1- iyul holatiga barcha qatnov turlari bo‘yicha jami temir yo‘l transportida tashilgan yo‘lovchilarning 14,6 % yoki 720 mingtasi “Afrosiyob” tezyurar poezdida tashilgan.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida FHDYO organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha 98 614 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-iyun oylarida Toshkent metropolitenida 81 mln yoʻlovchi tashilgan.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yil yanvar-iyun oylarida 3,1 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

2023- yil yanvar-iyun oylarida Xorazm viloyati sanoat ishlab chiqarishining umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 18,4 % ni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar- iyun oylarida Xorazm viloyatimizga 14,9 mln AQSH dollarlik sanoat mahsulotlari importini amalga oshirgan bo‘lib, shundan 2,6 mln dollarini to'qimachilik iplari, matolar tashkil qilgan.

2023- yilning 1- iyul holatiga Gurlan tumani aholisi soni 155,6 ming kishini tashkil etgan bo‘lib, aholining 66,5 ming nafari shahar, 89,1 ming nafari qishloq joylarida istiqomat qilgan.

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida viloyatimizga xorijdan 21,1 mln AQSH dollari qiymatidagi yog‘och mahsulotlari import qilingan.

2023- yilning 1- iyul holatiga Yangibozor tumanida 1 147 ta kichik biznes subyekti faoliyat yuritgan bo‘lib, shundan 44,5 %i yoki 510 tasi savdo sohasi hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Xorazm viloyatida 2023- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra,  40,9 mlrd so‘mlik rezina va plastmassa buyumlar ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan fizik hajm indeksi 121,2 % ni tashkil qildi.

2023- yilning yanvar-iyun oylarida viloyatda 3 125,9 mlrd so‘mlik nooziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 92,1 %ni tashkil etdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023- yilning yanvar-iyun oylarida Yangiariq tumanida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan umumiy hajmi 185,4 mlrd so‘mlik dehqonchilik mahsulotlari yetishtirilgan bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan mahsulot hajmi 5,9 foizga ko‘paygan.

Joriy yilning  yanvar-iyun oylarida Shovot tumanida 36 045,3 tonna bug‘doy yetishtirilgan.

2023- yilning  yanvar-iyun oylarida Yangibozor tumanida  9089,1 tonna kartoshka yetishtirilgan bo‘lib, viloyat umumiy hajmida tumanning ulushi 13,2 %ni tashkil qilgan.

Yangiariq tumanida 2023- yilning dastlabki 6 oyida 271,5 mlrd so‘mlik  asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilgan bo‘lib, 2022- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 149,0 %ni tashkil qilgan.

2023- yilning yanvar-iyun oylari  viloyat sanoatida 48,7 mlrd so‘mlik elektr uskunalari ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan fizik hajm indeksi 228,0 % ni tashkil etdi.