Statistika agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, 2022/23-o‘quv yili boshiga respublikamizdagi oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan xorijlik talabalar soni 5 ming nafarni tashkil etgan.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning fevral oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 0,5 % ga oshgan.

Mamlakatimizda 2023- yil 1- fevral holatiga tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan eng ko‘p korxonalar soni - mas’uliyati cheklangan jamiyat (MChJ) lar hissasiga to‘g‘ri kelib (soni 354 866 ta), so‘nggi besh yilda ular sonining o‘sishi quyidagicha bo‘ldi:

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Hazorasp tumanida joriy yilning  yanvar oyida  41,2 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Shovot tumanida 2023- yilning  yanvar oyida jami sanoat ishlab chiqarishining 18,4 %ga teng bo‘lgan 13,7 mlrd so‘mlik iste’mol tovarlari ishlab chiqarilgan.

Dastlabki  ma’lumotlarga ko‘ra,  Bog‘ot tumanining  2023- yil yanvar oyidagi tashqi savdo tovar aylanmasi hajmi  2,2 mln AQSH dollarini tashkil qilgan.

Urganch tumanida 2023- yilning  1- fevral holatiga  faoliyat ko‘rsatayotgan oilaviy korxonalar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 96 ta (15,7%)ga oshgan va 709 taga yetgan.

Joriy yilning  yanvar oyida  Yangiariq tumanida bajarilgan jami qurilish ishlarining  9,0 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Xorazm viloyatida 2023- yilning yanvar oyida  bajarilgan jami  qurilish ishlarining 76,3 %  yoki 125,0 mlrd so‘mi  yangi ishlab chiqarish quvvatlari, turar joy va boshqa ijtimoiy obyektlarni yaratishga qaratilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Xorazm viloyatida  2023- yilning yanvar oyida chakana tovar aylanmasi tarkibida ovqatlanish korxonalari savdo aylanmasining ulushi 2,6 % ni tashkil etib, 13,8 mlrd so‘mga yetdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra,  viloyat bo‘yicha 2023- yilning yanvar oyida uyushmagan savdo tovar aylanmasi 122,6 mlrd so‘mni tashkil etib, 2022- yilning yanvar oyiga nisbatan  88,8 % (11,2% kamaygan) darajada qayd etildi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023- yilning yanvar oyida viloyatimiz tashqi savdo aylanmasining 26,1%i MDH davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Xorazm viloyatida 2022- yilda asosiy kapitalga O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostida xorijiy kreditlar hisobidan 333,7 mlrd so‘mlik investitsiya o‘zlashtirilgan.

Joriy yilning 1- fevral holatiga viloyatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 2019- yilning  shu davriga nisbatan  105 taga (2,3 marta) oshgan.

Xorazm viloyati statistika boshqarmasining  ma’lumotlariga ko‘ra,  viloyatimizda 2023- yilning 1- fevral holatiga yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida 1 719 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra,  2022- yil yakunlari bo‘yicha viloyatning qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmining o‘sish sur’ati  2021- yilning shu davriga nisbatan 103,4 %ni tashkil qilgan.

Xorazm viloyatida  2023- yil  1- fevral holatiga xorijiy kapital ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,4 %ga oshgan va 183 taga yetgan.

2022- yilning yanvar-dekabr oylari yakuniga koʻra transport xizmatlari umumiy hajmida avtomobil transporti xizmatlarining ulushi 51,0 % ni tashkil etdi. Transport xizmatlarida havo transporti orqali koʻrsatilgan yuk va yoʻlovchilarni tashish boʻyicha xizmatlarning ulushi 14,2 %.