Dastlabki  ma’lumotlarga ko‘ra,  viloyatimizda 2022– yilning yanvar– dekabr oylarida 478,9 mln dona tuxum (2021– yilning yanvar– dekabriga nisbatan 4,3 % ga ko‘p) ishlab chiqarildi.

Dastlabki  ma’lumotlarga ko‘ra,  2023– yilning 1– yanvar holatiga viloyatimizda boqilayotgan yirik shoxli qora mollarning umumiy bosh soni 961,7 mingtaga yetdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning 1- yanvar holatiga respublikamizning doimiy aholisi 36 024 946 kishini tashkil etgan.

Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlarining umumiy hajmi 179,9 trln.soʻmni yoki 2021-yilning mos davriga nisbatan 103,8 % ni tashkil etdi.

2022-yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra (12 oy davomida), O‘zbekiston Respublikasi aholi jon boshiga umumiy daromadlari 17,8 mln. so‘mni,  real o‘sish sur’ati esa 107,5 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida respublika boʻyicha transport sohasida koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 81,0 trln. soʻmni tashkil etib, 2021-yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 112,4 % ni tashkil etdi.

Mamlakatimizda 2023- yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari jami soni 527 222 taga yetdi va so’nggi besh yilda ularning  o‘sish sur’ati quyidagicha aks etdi:

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra,  2022- yilning 12 oyida viloyatimizda kichik tadbirkorlikning subyektlarining  chakana savdo tovar aylanmasi hajmidagi ulushi 82,6 % (hajmi 11 075,3 mlrd so‘m)ni tashkil qilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra,  Xorazm viloyatida faoliyat yuritayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni  2022- yilda  har 1000 aholiga nisbatan 13,2 birlikni tashkil etgan.

Xorazm viloyati sanoatida  2022- yilning yanvar-dekabr oylarida  1 101,5 mlrd so‘mlik  ichimlik mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2021- yilga nisbatan fizik hajm indeksi 208,7 %ga ko‘paygan.

2022- yilda Xorazm viloyati iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi umumiy YAHMning 96,7 % ini, mahsulotlarga sof soliqlar esa 3,3 % ini tashkil etdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, viloyatimizda 2023- yilning 1- yanvar holatiga 1 kvadrat kilometrga o‘rtacha 324 kishi to‘g‘ri kelgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023- yilning 1- yanvar holatiga  Yangiariq  tumanining doimiy  aholisi soni  120 889 kishini tashkil qilgan.

Xorazm viloyati   2022- yilning yakunlari bo‘yicha  xorijga umumiy qiymati 106,9 mln AQSH dollariga  yoki jami eksportning 43,6 %ga teng bo‘lgan sanoat tovarlari eksport qilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, viloyatimizda 2022– yilning yanvar– dekabr oylarida 1097,4 ming t. sut (2021– yilning yanvar– dekabriga nisbatan 2,4 % ga ko‘p) ishlab chiqarildi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2022- yilda viloyatimizda uzum yetishtirish hajmi oldingi yilning mos davriga nisbatan 4,5 %ga oshgan va  48,6 ming tonnani tashkil qilgan.

Dastlabki  ma’lumotlarga ko‘ra, 2022- yilda  viloyatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan kichik biznes subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) importining hajmi 189,1 million AQSH dollarini yoki jami importning 35,0 % ini tashkil etdi.

Dastlabki  ma’lumotlarga ko‘ra, viloyatimizda 2022– yilning yanvar– dekabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda  174,6 ming t. go‘sht ishlab chiqarildi.