23/03/2023

Aholini ro‘yxatga olish jiddiy tayyorgarlikni talab etadigan jarayon hisoblanadi. 

Shahar va qishloq aholi punktlari kesimida aholiga doir to‘liq ma’lumotlarni olish uchun, avvalo, ushbu hududning sxematik chizmalarini mukammal tarzda qayta ishlab chiqish va uy-joylarning ro‘yxatini tuzish talab etiladi. Aytish joizki, aynan chizma va xaritalarni to‘liq ishlab chiqilishi ro‘yxatga olishga tayyorgarlikning muhim bosqichlaridan biridir.

Bu bo‘yicha batafsilroq to‘xtaladigan bo‘lsak, ma’lum bir hududdagi turar, noturar va ko‘p qavatli uylarning to‘liq ro‘yxati, har bir uyda qancha odam yashashi, qaysi ko‘chada nechta xonadonda uy raqamlari mavjud, nechtasida mavjud emasligi bo‘yicha ma’lumotlar uy-joy ro‘yxatini tuzuvchilar tomonidan olinadi. O‘z navbatida olingan so‘nggi ma’lumotlar asosida mavjud xaritalar va kartografik chizmalarga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi. Aholini ro‘yxatga olish davomida aynan ushbu xaritalar hududning joylashuviga doir ma’lumotlarni o‘zida umumlashtirgan asosiy manba vazifasini bajaradi.

 Alisher Jumaniyozov

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i