01/05/2023

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra,    joriy yilning 3 oyida viloyat bo‘yicha chakana savdo tovar aylanmasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining ulushi  91,6 %ni tashkil qilgan.

Hududlar orasida bu ko‘rsatkich  Tuproqqal’a (99,9 %), ,  Bog‘ot  va Yangiariq (99,3 %),  Gurlan (99,2 %) tumanlarida yuqori bo‘lgan.

Viloyatda chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida yirik korxonalarning ulushi 8,4 % ni tashkil etib, eng katta ulush Urganch shahri (21,3 %), Xiva  tumani (16,7 %), Xiva shahri (7,0 %)  hamda Urganch tumanida (6,2 %) kuzatildi.

 

 

Axborot xizmati