10/05/2023

Xorazm viloyatining barcha hududlarida narx kuzatuvlari davom etmoqda. 2023- yilning 10- may kuni  navbatdagi 5 narx (o‘rtacha) va 12 narx (iste'mol) kuzatuvlari Hazorasp tumani va Xiva shahrida olib borildi.
Kuzatuv jarayonida viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o'rinbosari X.Egamov (Hazorasp t.) va o‘rinbosari U.Bardiyevlar (Xiva sh.) ishtirok etishdi.

Narx kuzatuvi jarayonida hududiy statistika bo‘limi mutaxassislari (narx registratorlari)ga dehqon bozorlari va uyushgan savdo majmualarida sotilayotgan mahsulotlarning minimal, maksimal hamda o‘rtacha narx ko‘rsatkichlarini kuzatish va planshetlarga qayd etish davomida narxlarning shaffofligiga asosiy e’tiborni qaratishga doir zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.



Axborot xizmati