11/05/2023

2023- yilning yanvar-mart oylarida Urganch shahrining tashqi savdo tovar aylanmasi hajmi 29,1 mln AQSH dollarini tashkil qilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,9 %ga ko‘paygan.

TSA umumiy hajmining 7,7 mln dollarini eksport (8,9 % oshgan), 21,4 mln dollarini esa import (23,0 % ko‘paygan)  tashkil qilgan.

Eksportning 67,7 %ini  sanoat tovarlari, importning 41,5 %ini nooziq-ovqat xom ashyosi tashkil etgan.

 

Axborot xizmati