05/06/2023

Viloyat statistika boshqarmasida mamlakatimizda qabul qilingan yangi normativ-huquqiy hujjatlarni o‘rganish, barcha xodimlarga ularning asosiy mazmunini etkazishga qaratilgan seminarlar har haftada tashkil etib kelinmoqda.
Shu yilning 5- iyun kuni shu ana shundan seminarlardan biri 2023- yilning 24- mayida qabul qilingan “Ma’muriy islohotlar doirasida raqamli texnologiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-76-sonli Prezident Farmonini o‘rganishga bag‘ishlandi.
Viloyat statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti I.Otajonov tomonidan seminar davomida farmonning mazmun va mohiyati xususida ma’lumotlar berildi.

Axborot xizmati