05/06/2023

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2023- yilning yanvar-aprel oylarida xorijdan qiymati 1,6 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan  14,2 mingta gaz plita import qilingan.

Gaz plitalar importi 2022- yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 184 taga oshgan.
O‘zbekiston 10 ta davlatdan gaz plita import qilgan.

O‘zbekiston 4 oyda eng ko‘p gaz plitalarni import qilgan davlatlar:

— Xitoy – 6,8 mingta

— Belarus – 3,7 mingta

— Turkiya – 2,5 mingta

— Ispaniya – 451 ta

— Sloveniya – 226 ta

— Italiya – 203 ta

— Chexiya – 158 ta

— Polsha – 153 ta

Matbuot xizmati