20/06/2023

Bugun, 20- iyun kuni  viloyatimizning Tuproqqal’a tumanida savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini o‘rganuvchi 4 savdo (YATT) tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi.

Kuzatuvda viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari X.Egamov hamda tuman statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi B. Karimovlar ishtirok etishdi.

Mazkur tanlanma kuzatuvi oziq-ovqat, nooziq-ovqat  mahsulotlari  hamda o‘tirish joyi tashkil qilmasdan ovqatlanish mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning faoliyatini o‘rganishga yo‘naltirilgan.

 

 

 

Axborot xizmati