10/07/2023

2023- yilning 10- iyul kuni Xorazm viloyatining Urganch shahrida kuzatuv dislokatsiyasiga tushgan aholiga xizmat ko‘rsatish shahobchalarida navbatdagi narx kuzatuvi o‘tkazildi.
Kuzatuv jarayonida viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i A.O‘tamuratov, boshliq o‘rinbosari U.Bardiyev, Narx statistikasi bo'limi boshlig'i Sh.Bobojonov va shahar statistika bo‘limi bosh mutaxassisi, narx registratori Sh.Davletovlar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar narxlarining ko‘rsatkichlari, ularning shaffofligi qiyosiy o‘rganildi va olingan ma’lumotlar planshetlarga qayd etib borildi

O‘z o‘rnida boshqarma mas’ullari narx registratoriga kuzatuvlarda asosiy e’tibor qaratilishini lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan o‘z tavsiya va takliflarini bildirdi.



Axborot xizmati