02/08/2023

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Xorazm viloyatida 2023- yilning yanvar-iyun oylarida 2361,8 mlrd so‘mlik dehqonchilik mahsulotlari yetishtirilgan.

2022- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 110,7 %ni tashkil qilgan.

Qishloq xo‘jaligining umumiy hajmida dehqonchilikning ulushi 24,4 %ni tashkil etgan.

Viloyatda jami yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlari tarkibida eng katta ulush Bogʻot (13,6 %), Urganch (11,9 %), Xonqa (10,0 %) tumanlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

 

Axborot xizmati