04/08/2023

Joriy yilning 4- avgust kuni viloyat statistika boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasining 2017- yil 3- yanvarda qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQ-419-sonli Qonunining mazmun-mohiyatidan kelib chiqadigan vazifalar, xususan, statistika idoralari xodimlari amal qilishi kerak bo‘lgan qoidalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda boshqarma rahbariyati, tarmoqlar hamda hududiy statistika bo‘limlari boshliqlari ishtirok etishdi.

Boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov yuqoridagi qonunning ahamiyatiga to‘xtalib o‘tar ekan, tizim xodimlari kundalik ish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan har qanday ko‘rinishdagi korrupsiyaviy holatlarga o‘zining murosasiz munosabatini bildirishi lozimligini alohida ta’kidladi.

Buning uchun har bir xodim mavjud me’yoriy-huquqiy hujjatlardan xabardor bo‘lishi, zimmasiga yuklatilgan vazifani bajarishga mas’uliyat bilan yondoshishi zarurligi uqtirib o‘tildi.

 

Axborot xizmati