04/08/2023

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Xorazm viloyatida 2023- yilning yanvar-iyun oylarida  9601 tonna poliz ekinlari yetishtirilgan.

Hududlar o‘rtasida poliz ekinlari yetishtirish tarkibining asosiy qismi Xonqa (29,2 %), Urganch (12,7 %), Qoʻshkoʻpir (11,8 %)  tumanlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

2022- yilning mos davriga nisbatan mahsulot yetishtirishning yuqori o‘sish sur’atlari Yangibozor (116,1 %), Tuproqqal’a (113,5 %) va Gurlan (112,1 %) tumanlarida qayd etilgan.

 

Axborot xizmati