07/08/2023

Yangiariq tumanida 2023- yilning dastlabki 6 oyida 271,5 mlrd so‘mlik  asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilgan bo‘lib, 2022- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 149,0 %ni tashkil qilgan.

Tumanda asosiy kapitalga investitsiyalar hajmida yuqori ulushga ega sohalar:

qayta ishlash sanoati 68,1 % (184,8 mlrd)

turar-joy qurilishi -16,0 % (43,5 mlrd so‘m)

qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi - 8,5 % (23,0 mlrd so‘m).

Yangiariq tumanida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar umumiy hajmining 69,4 %i yoki 188,3 mlrd so‘mi to‘g‘ridan- to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

 

 

Axborot xizmati