09/08/2023

Joriy yilning  1- iyul holatiga viloyatimizda boqilayotgan yirik shoxli qoramollar soni 2022- yilning mos davriga nisbatan 11,4 mingtaga yoki 1,2 %ga ko‘paygan va  948,6 ming boshga yetgan.

Shundan:

fermer xo‘jaliklarida – 73,6 ming bosh

dehqon va shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarida – 861,3 ming bosh

qishloq xo‘jaligi faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarda – 13,7 ming bosh.

 

O‘tgan yilning 1- iyuli bilan taqqoslaganda yirik shoxli qoramollar sonining eng yuqori o‘sish sur’ati qishloq xo‘jaligi faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarda qayd etilgan va 145,7 %ni tashkil qilgan.

 

Axborot xizmati