09/08/2023

 Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda yirik korxonalar tomonidan 1 097 ta yuk avtomobili ishlab chiqarilgan.

 So‘nggi yillarda ishlab chiqarilgan yuk avtomobillari soni:

    — 2021- yil yanvar-iyun – 1 855 ta
    
    — 2022- yil yanvar-iyun – 2 166 ta

    — 2023- yil yanvar-iyun – 1 097 ta

 2023- yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonga 18 ta xorijiy davlatlardan qiymati 143 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 34 300 ta yuk avtomobillari import qilingan.

 

Matbuot xizmati