10/08/2023

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2023- yilning yanvar-iyun oylarida xorijdan qiymati 107,5 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 1 558,3 ming dona mobil telefonlar import qilgan.

 O‘zbekistonga 2023- yilning yanvar-iyun oylarida eng ko‘p mobil telefon import qilgan davlatlar:

— Xitoy – 1 389,5 ming dona

— Vetnam – 148,8 ming dona

— Hindiston – 14,2 ming dona

— Qozog‘iston – 2,4 ming dona

— Tayvan – 1,6 ming dona

— Turkiya – 1,9 ming dona

— Boshqa davlatlar – 1,4 ming dona.

 

Matbuot xizmati