20/10/2023

2023- yilning yanvar-sentyabr oylarida viloyatimiz bo‘yicha 3 503 ta yangi mas’uliyati cheklangan jamiyatlari tashkil etilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkichning jami faoliyat yuritayotgan MCHJlarga nisbati 25,1 %ni tashkil qilgan.

O‘tgan yilning mos davriga nisbatan yangi tashkil etilgan MCHJ lar soni 890 taga ko‘paygan.

Shu turdagi eng ko‘p yangi korxona iqtisodiy faoliyat turi bo‘yicha savdo (1 469 ta) va sanoatda (505 ta) tashkil etilgan bo‘lsa, hududlar kesimida Urganch shahri (463 ta) va Hazorasp tumani (378 ta) hissasiga to‘g‘ri kelgan.

 

Axborot xizmati