31/10/2023

2023- yilning yanvar-sentabr oylarida viloyat bo‘yicha asosiy kapitalga investitsiyalarning o‘tgan yilning mos davriga nisbatan eng yuqori o‘sish sur’ati Qo‘shko‘pir tumanida  qayd etildi va 135,9 %ni tashkil qildi.

Tumanda asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 704,3 mlrd so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, shundan markazlashgan investitsiyalar – 52,4 mlrd so‘mga (o‘sish sur’ati 183,4 %), markazlashmagan investitsiyalar hajmi 651,9 mlrd so‘mga (133,0 %) teng bo‘lgan.

 

Axborot xizmati