27/03/2024

2024- yilning yanvar-fevral oylarida suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 26,1 mlrd so‘mga (jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 0,8 % iga) to‘g‘ri keldi.

O‘tgan yilning mos davriga nisbatan tabiiy suv, suvga ishlov berish va suv bilan ta’minlash bo‘yicha xizmatlar 43,9 %ga oshganligi, oqova suvlarni yo‘qotish, transportirovka qilish va ishlov berish bo‘yicha xizmatlar 93,8 %ga oshganligi, xavfsiz chiqindilarni yig‘ish bo‘yicha xizmatlar 48,6 %ga ko‘payganligi kuzatildi.

   Axborot xizmati