28/03/2024

2024- yilning  28- mart kuni Urganch yuridik texnikumida aholini ro‘yxatga olish tadbiriga bagishlangan seminar tashkil etildi.

Ta’lim muassasasi o‘quvchilari o‘rtasida bo‘lajak tadbirning targ‘ibotiga yo‘naltirilgan ushbu seminarda boshqarmaning Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi bosh mutaxassisi  I. Polvonova qatnashdi.


Seminarda ishtirokchilarga aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazishning asosiy maqsadi, mazmun-mohiyati hamda jarayonni tashkil etishning tartibi xususida ko‘plab ma’lumotlar berib o‘tildi.


Tadbir yakunida o‘quvchilarning mavzuga oid savollariga javob berildi.

Axborot xizmati