28/03/2024

Bugun, 28- mart kuni Yangibozor tumanida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ishlariga bag‘ishlangan media tur tashkil etildi.

Ushbu jarayonda tuman hokimining    maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslathatchisi U.Ernazarov, Xorazm viloyati statistika boshqarmasining Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i A.Jumaniyozovlar ishtirok etdilar.

Tumandagi “Istiqlol”, “Pahlavon Mahmud” va “Ocha qal’a” mahalla fuqarolar yig‘inlarining yangilangan xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlar asosida shu hududlarda  aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlikning asosiy bosqichlaridan bo‘lgan uy-joylarni raqamlanganlik, ko‘cha nomlarining qo‘yilganlik holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘z navbatida mahalla mas’ullari bilan hamkorlikda tayyorgarlikning shu va undan keyingi bosqichlarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan galdagi ishlar belgilab olindi.

 Axborot xizmati