02/04/2024

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2024- yilning yanvar-fevral oylarida xorijdan qiymati 85,7 mln AQSH dollariga 3 502 ta elektromobil import qilgan.

Elektromobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2 663 taga yoki 4 barobarga oshgan.

O‘zbekiston 2 oyda 7 ta xorijiy davlatdan elektromobil import qilgan.

2 oyda O‘zbekiston eng ko‘p elektromobil import qilgan davlatlar:

— Xitoy – 3 479 ta

— BAA – 8 ta

— Gonkong – 5 ta

   Matbuot xizmati