03/04/2024

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2024- yilning yanvar-fevral oylarida xorijdan qiymati 8,9 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 6 548 tonna choy import qilgan.

 Choy importi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 178,5 tonnaga kamaygan.

 O‘zbekiston 2 oyda 15 ta davlatdan choy xarid qilgan.

 O‘zbekiston 2 oyda eng ko‘p choy import qilgan davlatlar:

— Xitoy – 5 446 tonna

— Eron – 285 tonna

— Keniya – 275 tonna

— Hindiston – 165 tonna

— Qozog‘iston – 88,9 tonna.

 Matbuot xizmati