09/04/2024

Joriy yilning dastlabki 2 oyida Bog‘ot tumanida 69,2 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, umumiy hajmning 49,1 %i yoki 34,0 mlrd so‘mini to‘qimachilik mahsulotlari tashkil qilgan.

Bu ko‘rsatkich viloyat bo‘yicha ishlab chiqarilgan jami to‘qimachilik mahsulotlarining 3,8 %iga to‘g‘ri kelgan.

Ma’lumot uchun: joriy yilning 1- mart holatiga tumanda 233 ta korxona sanoat yo‘nalishida faoliyat yuritgan.

 

Axborot xizmati