19/04/2024

2024- yilning  1- aprel holatiga  Urganch shahrida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 6 704 tani tashkil etib, shundan 5 117 tasi (76,3 %i) faoliyat yuritgan.

Iqtisodiy yo‘nalishlar bo‘yicha eng ko‘p korxona savdo (1 642 ta), sanoat (676 ta), yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar (382 ta), qurilish (365 ta),  tashish va saqlash bo‘yicha xizmatlar (214 ta), sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar (208 ta) sohalari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Faoliyat yuritayotgan korxonalarning 4 372 tasini (85,4 %ini) kichik biznes subyektlari tashkil qilgan.

 

Axborot xizmati