23/04/2024

2024- yilning 23- aprel kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasi Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi mutaxassisi I.Polvonova, S.Qurbanova va U.Tadjimuratovlar ishtirokida Urganch shahridagi 4,19- son umumta’lim maktablari hamda ixtisoslashtirilgan san’at maktabida seminar tashkil etildi.


Ushbu seminar o‘quvchilar o‘rtasida bo‘lajak tadbirning targ‘ibotiga yo‘naltirilgan bo‘lib, unda aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazishning asosiy maqsadi, mazmun-mohiyati hamda jarayonni tashkil etishning tartibi xususida ma’lumotlar berib o‘tildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarning mavzuga oid savollariga javob berildi.



Axborot xizmati