25/04/2024

2024- yilning 3 oyida viloyatimizda amalga oshirilgan qurilishlarning 50,6 %i kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelib, ular tomonidan hisobot davrida 615,2 mlrd so‘mlik turli xil obyektlar qurilishi ishlari bajarilgan.

O‘tgan yilning mos davriga nisbatan qurilishlar hajmi 66,6 mlrd so‘mga oshgan va o‘sish sur’ati 105,3 %ni tashkil etgan.

Tahlillarga ko‘ra, kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan eng ko‘p qurilish ishlari Urganch shahrida bajarilgan bo‘lib, 166,1 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

 

Axborot xizmati