29/04/2024

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024- yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston xorijga qiymati 219,8 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 375,3 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan.



 Bu ko‘rsatgich 2023- yilning mos davri bilan solishtirilganda 72,5 % ga yoki 157,7 ming tonnaga ko‘paygan.

 Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Pokiston (26,2 %), Rossiya (25,1 %), Qozog‘iston (10,5 %) va Xitoy (9,2 %) davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

 2024- yilning yanvar-mart oylarida meva-sabzavotlar eksporti ulushi jami eksportning 3,4 % ini tashkil etgan.

 

 

 

Matbuot xizmati