29/04/2024

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2024- yilning yanvar-mart oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 45,4 trln so‘mni tashkil etgan.



Bu ko‘rsatkich 2023- yilning mos davri bilan solishtirilganda 3,6 % ga ko‘p.

2024- yil yanvar-mart oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 75,3 ming tonna sabzavot mahsulotlari yetishtirilgan:

— Fermer xo‘jaliklari – 7,0 ming tonna

— Dehqon xo‘jaliklari– 47,1 ming tonna

— Qishloq xo‘jaligi tashkilotlari – 21,2 ming tonna

 

 

  Matbuot xizmati