07/05/2024

2024- yilning 7- may kuni kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasi mutaxassislari ishtirokida Toshkent Tibbiyot akademiyasi Urganch filialida seminar tashkil etildi.
Oliy ta’lim muassasasi talabalari o‘rtasida aholini ro‘yxatga olish tadbirining targ‘ibotiga yo‘naltirilgan ushbu seminarda boshqarmaning Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi mutaxassislari qatnashdilar.


Seminarda ishtirokchilarga aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazishning asosiy maqsadi, mazmun-mohiyati hamda jarayonni tashkil etishning tartibi xususida ko‘plab ma’lumotlar berib o‘tildi.


Tadbir yakunida talabalarning mavzuga oid savollariga javob berildi.



Axborot xizmati