08/05/2024

Bog‘ot tumanida 2024- yilning 3 oyida  69,9 mlrd so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirilgan bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 18,7 %ga oshgan.

Bajarilgan qurilishlarning 38,9 %i kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelgan va ular tomonidan hisobot davrida 27,2 mlrd so‘mlik turli xil obyektlar qurilish ishlari bajarilgan.

Joriy yilning 1- aprel holatiga Bog‘ot tumanida qurilish yo‘nalishida 51 ta kichik korxona va mikrofirma faoliyat yuritgan.

 Axborot xizmati