08/05/2024

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida 2024- yil 1- aprel holatiga ko‘ra, 1 kv. kilometrga o‘rtacha 82,3 kishi to‘g‘ri kelmoqda.
Hududlar bo‘yicha tahlil qilinganda aholi zichligining eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkent shahrida 6 826,7 kishi, Andijon viloyatida 792,8 kishi, Farg‘ona viloyatida 603,5 kishini tashkil etgan bo‘lsa, eng past ko‘rsatkichlar Navoiy viloyatida 9,7 kishi, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 12,1 kishini tashkil etgan.

Matbuot xizmati