10/05/2024

2024- yil yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Xonqa tumanida ishlab chiqarilgan chorvachilik mahsulotlari hajmi 343,2 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,8 %ga oshgan.

Viloyatda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish umumiy hajmida tumanning ulushi 10,8 %ga to‘g‘ri kelgan.

Hisobot davrida ushbu hududda ishlab chiqarilgan chorvachilik mahsulotlari tarkibi:

 go‘sht (tirik vaznda) – 3 896 tonna

sut – 24 293 tonna

tuxum – 17 185 ming dona

ovlangan baliq – 160,8 tonna.

  Axborot xizmati